Live
3
O'zbek

«Bavariya» Muharemovichni sotib olishni rejalashtirmoqda

Futbol
6 oktabr, 10:53
Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Bavariya» Muharemovichni sotib olishni rejalashtirmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi Bosniya va Gersegovina milliy jamoasi hamda «Lids» markaziy himoyachisi Toriq Muharemovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 23 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida xarid qilishga urinib ko‘rishi mumkin.

Qayd etilishicha, ingliz klubi Muharemovichning transferidan kamida 70 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Biroq jamoa uni sotib yuborishga intilmayapti.

Muharemovich bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Bavariya» va Harri Keyn shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar oldinga siljigani xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar