Bugun
49
O'zbek

«Bavariya» Noyerning o‘rniga yangi darvozabon izlamoqda

Futbol
6 oktabr, 04:40
Myunxenliklar ro‘yxatidan 11 nafar darvozabon joy olgan.
«Bavariya» Noyerning o‘rniga yangi darvozabon izlamoqda
Foto: Getty Images

«Bavariya» jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan 40 yoshli Manuel Noyer va 38 yoshli Sven Ulrayx o‘rniga 11 nafar darvozabon nomzodini o‘rganmoqda. Bu haqda Sky Sports Germany nashri xabar berdi.

Ikki futbolchining ham shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Ma’lum qilinishicha, myunxenliklar darhol 23 yoshli Jonas Urbigga raqobat tug‘diradigan yoki asosiy darvozabon maqomi uchun kurash olib boradigan yosh posbonni izlamayapti. Aksincha, klub barqarorlikni ta’minlay oladigan, yetakchilik fazilatlariga ega va jamoada yordamchi rolni bajarishga tayyor tajribali darvozabon qidirmoqda.

«Bavariya» qiziqish bildirgan darvozabonlar orasida «Kyoln»ning 31 yoshli posboni Marvin Shvebe, «Hoffenhaym» darvozaboni Oliver Baumann, «Fulhem» vakili Bernd Leno, «Augsburg» a’zosi Finn Damen, «Al Qodisiya»da o‘ynayotgan sobiq «Volfsburg» darvozaboni Koen Kastels hamda «Parij» futbolchisi, «Ayntraxt» sobiq posboni Kevin Trapp bor.

Shuningdek, Berlinning «Union» klubi darvozaboni Frederik Ryonnov, «Monako» a’zosi Lukash Gradecki, «Nyukasl» posboni Nik Poup, «Atletiko» darvozaboni Xuan Musso va «Sporting» vakili Rui Silva ham «Bavariya»ning ehtimoliy nomzodlari qatorida.

Qayd etish lozim, Noyer 2011-yil yozidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida Bundesliga doirasida 392 ta uchrashuvda maydonga tushib, 309 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar