Bugun
49
O'zbek

Jezush bosh murabbiylikdan ketmasa, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasiga qaytmaydi — CNN Portugal

Futbol
6 oktabr, 04:58
    10
«An Nasr» klubining 41 yoshli hujumchisi milliy jamoaga qaytish niyatida emas.
Jezush bosh murabbiylikdan ketmasa, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasiga qaytmaydi — CNN Portugal
Foto: Gettyimages

«An Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorj Jezush boshchiligidagi Portugaliya milliy jamoasiga qaytmaydi. Bu haqda CNN Portugal jurnalisti Rui Santush ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi UYEFA Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan Norvegiya bilan o‘yindan (2:1) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mutaxassisning so‘zlaridan norozi bo‘lgan.

Ronaldu va Jezush o‘rtasidagi mojaro 2-turda Portugaliya va Norvegiya o‘rtasidagi o‘yindan (2:1) keyin yuz bergandi. Murabbiy oxirgi daqiqalarda uni maydonga tushirishga va’da berganiga qaramay, butun o‘yinni zaxirada o‘tkazganligi hujumchiga yoqmadi. Daniya bilan 3-tur o‘yini oldidan (4:2) Ronaldu jamoaning mashg‘ulotlariga tashrif buyurmadi va milliy jamoa qarorgohini butunlay tark etdi.

Ma’lumot uchun, 4-tur o‘yinidan so‘ng esa Jezus matbuot anjumanida hech kimdan uzr so‘ramasligi, bunga sabab yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar