Fransiyaning «Lill» klubida to‘p tepayotgan yarimhimoyachi Etan Mbappe faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, futbolchining agentlari uning xizmatlarini «Fenerbahche»ga taklif qilgan.
Manbaga ko‘ra, turkiyaliklar yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bunga klubning legionerlar uchun ajratilgan kvotasi to‘lib qolgani sabab bo‘lmoqda. Turkiya Superligasi reglamentiga ko‘ra, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar legionerlar kvotasidan joy egallamaydi.
Etan Mbappe «Lill» safida 2024-yil iyulidan buyon to‘p tepmoqda. 19 yoshli yarimhimoyachining jamoa bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Ma’lumot uchun, Etan Mbappe Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening ukasi hisoblanadi. U avval «PSJ»ning yoshlar jamoalarida ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Etan Mbappe 2024-yil yozida «PSJ»dan «Lill»ga o‘tgan.