«Barselona» sobiq yarimhimoyachisi Andres Iniesta Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Kataloniya klubi rahbariyati Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasida (RFEF) faoliyat yuritgan Hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘lovlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq pora berishda ayblangandi.
— Negreyra ishi haqidagi xabarlarni eshitganingizda nimani his qilasiz?
— Sof futbol nuqtayi nazaridan qaraganda, bu yerda muhokama qiladigan narsa yo‘q. Ish hali yakuniga yetgani yo‘q. Ammo o‘sha davrdagi har bir o‘yinni tahlil qilganimizda ham, hakamlarning bizga nisbatan iltifotli munosabatda bo‘lgani haqidagi taxminlarning hatto bir foizini ham tasdiqlay olmagan bo‘lardik.
Men hech qachon hech qanday yordamni eshitmaganman, ko‘rmaganman va his qilmaganman. Har bir o‘yinda ham muxlislar, ham futbolchilar hakamlar tomonidan raqiblarga iltifotli munosabatda bo‘linayotganini his qilishadi, — deya Iniestaning so‘zlarini keltiradi Marca.