Live
1
O'zbek

Modrich mavsum startida «Real»ning «Barselona»dan ortda qolayotganiga izoh berdi

Futbol
6 oktabr, 06:02
Tajribali yarimhimoyachi mavsum hali uzoq davom etishini ta’kidlab o‘tdi.
Modrich mavsum startida «Real»ning «Barselona»dan ortda qolayotganiga izoh berdi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Milan» klubi yarimhimoyachisi Luka Modrich Madridning «Real» jamoasining La Liga yangi mavsum startidagi holati haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Joze Mourinio boshchiligidagi «qaymoqranglilar» yetti turdan so‘ng 15 ochko bilan musobaqa jadvalining to‘rtinchi o‘rnini egallab turibdi. Yetakchi «Barselona» bilan oradagi farq olti ochkoni tashkil qilmoqda.

«Mavsum endigina boshlandi. «Real»da bosh murabbiy o‘zgardi, ammo jamoa juda kuchli va doimgidek barcha sovrinlar uchun kurashishga qodir. Xavotir olishga hojat yo‘q, axir «Barselona» bilan 6 ochkolik farq – chempionlik kurashi boy berildi degani emas. «Real» muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazib, kataloniyaliklarni ortda qoldira oladi», – deya Modrich so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Universal.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik xavbek 2012 — 2025-yillar mobaynida «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar