«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning to‘rt karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi italiyalik tennischi Yannik Sinner tizzasidan olgan jarohatidan keyin davolanishni davom ettirish uchun 2026-yilgi mavsumni muddatidan oldin yakunlashini ma’lum qildi.
«Hammaga salom! Sizlar bilan yangiliklarni baham ko‘rmoqchiman. Shifokorlar bilan birgalikda tizzamni davolash kursi zarurligi borasida qaror qildik, bu esa men uchun mavsum rasman yakunlanganini anglatadi. So‘nggi bir necha yil — ayniqsa, Turindagi final — menga juda ko‘p ajoyib his-tuyg‘ular va hissiyotlarni hadya etdi. Bu yil butunlay boshqacha bo‘ldi. Hozir men uzoq muddatli faoliyatim haqida ham o‘ylashim kerak.
Shuning uchun 100% sport formamni tiklash, safga qaytish uchun qo‘limdan kelganini qilaman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman va sizni tez orada yana kortda ko‘rishga umid qilaman», - deb yozdi Sinner ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Sinner Uimbldon-2026dan keyin o‘tkazilgan ATR musobaqalarida ishtirok etmadi. Italiyalik sportchi tizzasidan olgan jarohati tufayli AQSHdagi barcha hard qoplamali kortda o‘tkazilgan turnirlar seriyasini, shuningdek, US Open-2026 musobaqasini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.