Bugun
49
O'zbek

Novak Jokovich ATP-500 toifasidagi turnirlarning eng keksa finalchisiga aylandi

Tennis
6 oktabr, 04:50
Serbiyalik tennischi yana bosh sovrin uchun kortga chiqadi.
Novak Jokovich ATP-500 toifasidagi turnirlarning eng keksa finalchisiga aylandi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar 24 karra chempioni, serbiyalik tennischi Novak Jokovich ATP-500 musobaqalarining eng yoshi ulug‘ finalchisiga aylandi. Pekinda o‘tkazilayotgan musobaqa yarimfinalida Novak rossiyalik Daniil Medvedevni (jahon reytingida 5-o‘rin) 7:5, 5:3 (Daniil diskvalifikatsiya qilindi) mag‘lubiyatga uchratdi. Jokovich bu natijaga 39 yosh 4 oyligida erishdi va tarixga yana bir statistik ko‘rsatkich bo‘yicha kiradigan bo‘ldi.

ATP-500 turnirlarining eng keksa finalchilari:

Novak Jokovich (Serbiya) — 39 yosh 4 oy (Pekin, 2026);
Rojer Federer (Shveysariya) — 38 yosh 2 oy (Bazel, 2019);
Rojer Federer (Shveysariya) — 37 yosh 10 oy (Galle, 2019);
Felisyano Lopes (Ispaniya) — 37 yosh 10 oy (London, 2019);
Rojer Federer (Shveysariya) — 37 yosh 6 oy (Dubay, 2019);
Ivo Karlovich (Xorvatiya) — 37 yosh 4 oy (Vashington, 2016).

Bugungi yangiliklar