«Arsenal» va «Chelsi» Madridning «Real» klubida faoliyat olib borayotgan yarimhimoyachi Arda Gulerga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klublari Millatlar ligasi doirasidagi Turkiya va Italiya milliy jamoalari bahsida 21 yoshli futbolchining o‘yinini bevosita kuzatgan.
London klublarining Gulerga bo‘lgan qiziqishi futbolchining «Real»dagi o‘yin amaliyoti yetarli emasligi fonida kuchaygan. «Arsenal» hatto 2026-yil boshida turkiyalik yarimhimoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq tomonlar transfer borasida kelishuvga erisha olmagan.
Guler ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida «Real» safida yettita bahsda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi ushbu bahslarda birta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Arda Gulerning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 100 mln yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Guler 2023-yil yozida «Fenerbahche»dan «Real»ga o‘tgan.