Live
1
O'zbek

Guler «Real» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Futbol
5 oktabr, 11:08
Ardaning maoshi ham oshiriladi.
Guler «Real» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi
Фото: Getty Images

«Real» yarim himoyachisi Arda Guler jamoa bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, turkiyalik 22 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2031-yil yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Gulerning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan edi. Yangi kelishuv orqali futbolchining «Real»da qolish muddati yana ikki mavsumga uzaytiriladi. Shuningdek, Gyulerning maoshi ham oshiriladi.

Arda 2023-yil yozida «Fenerbahche»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Shundan buyon u madridliklar safida barcha musobaqalar doirasida 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 28 ta golga assistentlik qilgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gulerning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etmoqda. Joze Mourinyo boshqaruvida La Liganing 7 ta turidan so‘ng 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar