Bugun
25
O'zbek

«Real» Gyuler bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi – Romano

Futbol
5 oktabr, 04:35
    2
Gyulerning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etmoqda.
«Real» Gyuler bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi – Romano
Фото: Getty Images

Turkiyalik yarimhimoyachi Arda Gyuler Madridning «Real» klubidagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» 21 yoshli futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomaning barcha tafsilotlarini kelishib olgan. Yaqin vaqt ichida bitim imzolanishi va shundan so‘ng rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Real» Gyulerni 2023-yilda «Fenerbahche»dan 28 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Shundan buyon u barcha turnirlarda 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gyulerning transfer qiymati 90 million yevroni tashkil etmoqda. Joze Mourinyo boshqaruvida La Liganing 7 ta turidan so‘ng 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar