«Atletiko» va «Yuventus» jamoalari «Arsenal» hujumchisi Noni Maduekega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Maebaga ko‘ra, ushbu klublar angliyalik 24 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda. Noni bu mavsumda «to‘pchilar» asosiy tarkibidan joy olishda qiynalmoqda.
Madueke APL doirasida biror marta ham «Arsenal»ning asosiy tarkibida maydonga tushmadi. U faqat Angliya Superkubogi va Angliya Liga kubogida asosiy tarkibda o‘ynadi.
O‘tgan mavsumda u APLda 16 marta «Arsenal»ning asosiy tarkibida maydonga tushgan. «Arsenal» Christos Tsolis bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng Noni zaxira o‘yinchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Madueke o‘tgan yozda «Chelsi»dan «Arsenal»ga 56 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Avvalroq «Yuventus» «Tottenhem» futbolchisi Destiny Udogining xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.