Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Destini Udoji faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turinning «Yuventus» klubi 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Udoji «Tottenhem» tarkibida daxlsiz futbolchi sifatida qaralmayapti. Agar «Yuventus» 15 million yevro miqdorida taklif bilan chiqsa, London klubi italiyalik himoyachini sotishga rozi bo‘lishi mumkin.
Udoji 2022-yil avgustidan buyon «taqachilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu mavsumda Destini Angliya chempionatida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Avvalroq «Yuventus» «Liverpul»ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Jovanni Leoniga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.