Live
1
O'zbek

«Buyuk sportchi» — «An Nasr» Ronalduning klub ixtiyoriga qaytgani haqida

Futbol
5 oktabr, 14:19
Milliy jamoa yig‘inini tark etgan 41 yoshli hujumchi Riyod klubi mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
«Buyuk sportchi» — «An Nasr» Ronalduning klub ixtiyoriga qaytgani haqida
Foto: Al Nassr

«An Nasr» klubi milliy jamoa yig‘inidan qaytgan Krishtianu Ronalduning suratini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush tomonidan 27-sentabr kuni Norvegiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda maydonga tushirilmagach, Portugaliya safini tark etgandi. Shundan so‘ng hujumchining milliy jamoa tarkibida boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kecha, 4-oktabr kuni Ronaldu Ar-Riyodga qaytib keldi.

«Buyuk sportchi... Najning yuragida, «An Nasr»da 💛», — deyiladi Saudiya klubining postida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar