Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh Krishtianu Ronalduning yana tarkibga qaytishini qo‘llab-quvvatladi.
«Biz har qanday futbolchidan xursand bo‘lamiz. Albatta, Millatlar Ligasidagi natijalarimizdan mamnunmiz va men ham bundan xursandman. Agar Krishtianu qaytsa, uni quchoq ochib kutib olamiz.
Albatta, biz ahil jamoamiz. Ronaldu yoki hozir biz bilan birga bo‘lmagan boshqa har qanday futbolchi jamoaga qo‘shilishi mumkin va bundan juda xursand bo‘lamiz», — dedi Mendesh.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Jorge Jezus 41 yoshli forvarddan uzr so‘rashga hojat yo‘qligini aytgandi. Ma’lumot o‘rnida, portugaliyaliklar Millatlar Ligasining 4-turida Norvegiyani 2:1 hisobida taslim etdi.
Ayni vaqtda jamoa to‘rtta turdan so‘ng 100 foizlik natija qayd etgan holda 12 ochko bilan chorakfinal bosqichiga chiqish masalasini ham ijobiy hal qildi.