Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi o‘yin (2:1)dan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. Mutaxassis hujumchining milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishini xohlashini ta’kidladi.
«Krishtianu — global timsol. Shuning uchun o‘yindan keyin ham u milliy jamoaga faqat o‘zi shunday qaror qilsagina qaytmasligini aytdim. Bunga hech qanday shubham yo‘q.
Oramizdagi vaziyat juda bo‘rttirildi. Ko‘pchilik aralashib, aslida muammo bo‘lmagan holatni katta muammodek ko‘rsatdi. Murabbiy futbolchini, hatto u shunday maqomga ega bo‘lsa ham, qizish uchun yubordi, ammo maydonga tushirmadi. Shuning o‘zi katta muammoga aylantirildi.
Men uning qolishini xohlayman. U faoliyati bir kun kelib yakunlanishini biladi. Lekin men Krishtianu milliy jamoadagi faoliyatini o‘zi istagan tarzda yakunlashini xohlayman. Qarorni uning o‘zi qabul qiladi.
Uni milliy jamoaga ilk bor chaqirganimda: «Sen menga keraksan. O‘ynaysanmi yoki yo‘qmi, baribir menga keraksan», degandim. Hozir ham hech narsa o‘zgarmagan», — dedi Jezush.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi