Bugun
25
O'zbek

Portugaliya Millatlar Ligasida muddatidan oldin chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol
4 oktabr, 23:25
    16
Jorge Jezush shogirdlari 4 ta o‘yindan so‘ng yuz foizlik natija qayd etdi.
Portugaliya Millatlar Ligasida muddatidan oldin chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images
04.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Portugaliya Portugaliya 2 : 1 Norvegiya Norvegiya

Portugaliya milliy jamoasi Norvegiyaga qarshi bahs (2:1)dan so‘ng Millatlar Ligasining A divizionida muddatidan avval chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.

Jorge Jezush boshchiligidagi jamoa pley-off bosqichiga chiqish uchun zarur bo‘lgan ochkolarni boshqa ishtirokchilardan avval jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya guruh bosqichida hozirga qadar o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozondi.

Portugaliyaliklar Norvegiya milliy jamoasini ikki marta mag‘lub etdi. Shuningdek, Jorge Jezush shogirdlari Daniya va Uelsga qarshi bahslarda ham uch ochkodan qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, jamoa to‘rtta o‘yindan so‘ng yuz foizlik natija qayd etib, Millatlar Ligasining chorakfinalida ishtirok etish huquqini kafolatladi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning chorakfinal uchrashuvlari mart oyining oxirida bo‘lib o‘tadi. Portugaliyaning ushbu bosqichdagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Norvegiya Norvegiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar