Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezus Krishtianu Ronaldundan uzr so‘rashdan bosh tortdi.
«Men hech kimdan uzr so‘ramayman. Butun voqeaga sabab bo‘lgan muammo futbolchining qizib olish mashqlarini bajargani bilan bog‘liq edi.
Bu qaror va sodir bo‘lgan voqea uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Lekin nima uchun uzr so‘rashim kerak? Kimdan? Qaysi sababga ko‘ra? Bularning bari yolg‘on» — deya Jezusning so‘zlarini keltiradi Record nashri.
Qayd etish lozim, Ronaldu Jezusning mojaro yo‘qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, Daniyaga qarshi Millatlar Ligasining 3-tur uchrashuvi (4:2) oldidan milliy jamoa qarorgohini tark etgandi.
Portugaliyaning qator OAVlari Krishtianu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash niyatida ekani haqida xabar berdi. Shuningdek, Jezus hujumchi bilan yarashuv uchrashuvini o‘tkazishga rozi bo‘lgani va futbolchini noyabr oyidagi o‘yinlar uchun milliy jamoa tarkibiga kiritishni rejalashtirayotgani aytilgan.
Ma’lumot o‘rnida, portugaliyaliklar Millatlar Ligasining 4-turida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi