Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiy Diego Simeonening kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub ichida Simeoneni jamoa boshqaruvida saqlab qolish va u bilan shartnomani uzaytirish kerak, degan fikr shakllangan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hali boshlanmagan bo‘lsa-da, klubdagilar Diego bilan kelishuvga erishish oson bo‘lishiga ishonmoqda. Shuningdek, murabbiyning maoshi ham oshiriladi.
Ma’lumot uchun, argentinalik mutaxassisning «matraschilar» bilan shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq murabbiy «Inter»ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Diego 2011-yil dekabr oyidan beri «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt davomida u jamoa bilan 800 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.