Live
2
O'zbek

«Barselona» qishda yangi hujumchi sotib olishi mumkin

Futbol
3 oktabr, 09:30
«Bryugge» hujumchisi Nikolо Tresoldi «Barselona» va «Atletiko» Madrid klublari qiziqish doirasiga tushdi.
«Barselona» qishda yangi hujumchi sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 22 yoshli germaniyalik forvard uchun transfer summasi 50 mln yevroni tashkil qilishi mumkin. Kelishuv qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi ehtimoli bor.

Tresoldi 2026/27-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 9 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. U ushbu mavsumda Chempionlar ligasida ham ishtirok etdi.

Futbolchining «Bryugge» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt Tresoldining bozor qiymatini 25 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Club Brugge Club Brugge
  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar