«Barselona» hujumchisi Rafinya La Ligada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnirning rasmiy matbuot xizmati ma’lum qildi.
Braziliyalik futbolchi ketma-ket ikkinchi oy ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. U avgust oyida ham La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgandi.
Rafinya sentabr oyida La Liga doirasidagi 4 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U «Valensiya» darvozasiga bitta gol urgan bo‘lsa, «Rasing» va «Sevilya»ga qarshi bahslarda het-trik qayd etdi.
La Liga tomonidan o‘tkazilgan ovoz berishda Rafinya «Real» hujumchisi Kilian Mbappe, «Atletiko» forvardi Jonatan Devid, «Rayo Valyekano» futbolchisi Serxio Kamelyo va «Elche» vakili Fera Ninyo kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rafinxa avgust oyida ham La Liganing eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi