Bugun
45
O'zbek

Rafinya «El Klasiko» oldidan jarohat oldi

Futbol
29 sentabr, 09:00
    127
«Barselona» klubi hujumchisi Braziliyaning Avstraliyaga qarshi o‘yinida jarohat olib, safdan chiqdi.
Rafinya «El Klasiko» oldidan jarohat oldi
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» klubi hujumchisi Rafinya Avstraliya va Braziliya milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bellashuvida jarohat oldi. Bu haqda «Globo» nashri xabar bermoqda.

Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda braziliyaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.

Manbaga ko‘ra, Rafinya o‘ng sonida og‘riq his qilgan, shu sababli Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tanaffusda 29 yoshli futbolchini almashtirishga majbur bo‘lgan. Hozircha futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekanligi borasida aniq ma’lumot berilmagan.

Birinchi bo‘lim oxirida Rafinya gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 45+1-daqiqada hujumchi penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi — 2:2.

Umuman olganda, Rafinya hisobida 2026/2027-yilgi mavsumda klub va milliy jamoa safida o‘tkazilgan 10 ta o‘yinda 15 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.

Eslatib o‘tamiz, La Liga 10-turi doirasida 25 oktyabr kuni «Barselona» o‘z maydonida Madridning «Real» klubini qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, 7-turdan keyin 21 ochko jamg‘argan «Barselona» chempionatda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 15 ochko jamg‘argan «Real» 4-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

127 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar