Bugun
45
O'zbek

Rasman: Jilardino «Parma» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Futbol
29 sentabr, 15:28
Jamoa turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Rasman: Jilardino «Parma» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Фото: Getty Images

«Parma» klubi Alberto Jilardino jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 44 yoshli mutaxassisning klub bilan mehnat shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Shartnomada uni yana ikki mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

«Parma» Italiya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng to‘rt ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Parma» A Seriyadagi navbatdagi bahsini safarda «Inter» klubiga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 10-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq jamoa qoniqarsiz natijalar fonida Karlos Kuestani iste’foga chiqargandi.

Jilardino futbolchilik faoliyati davomida «Parma», «Milan», «Fiorentina», «Jenoa» va boshqa bir qator jamoalarda to‘p tepgan. Murabbiy sifatida esa «Pro Vercelli», «Siena», «Jenoa» va «Piza» jamoalarida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Parma Parma
Bugungi yangiliklar