Bugun
94
O'zbek

Pimblett: «Topuriyani faoliyatini yakunlashga majbur qilaman»

MMA
17 noyabr, 02:35
Britaniyalik sportchi navbatdagi jangini Iliya Topuriyaga qarshi o‘tkazish istagini bildirdi.
Pimblett: «Topuriyani faoliyatini yakunlashga majbur qilaman»
Foto: Getty Images

UFC jangchisi Peddi Pimblett navbatdagi jangini Iliya Topuriyaga qarshi o‘tkazish istagini bildirdi.

Britaniyalik sportchi raqibini mag‘lub etib, uni faoliyatini yakunlashga majbur qilmoqchi ekanini aytdi.

«Hozir divizionda vaziyat ancha chigal. Chempionlik kamari yanvar oyida meni mag‘lub etgan Jastin Geyjida. Lekin uning keyingi rejalari hech kimga ma’lum emas.

U jang qilishda davom etadimi yoki faoliyatini yakunlaydimi, buni bilmaymiz. Avvalo, uning kelajagiga oydinlik kiritilishini kutishimiz kerak.

Hamma mening Geyji bilan yana jang qilishimni ko‘rishni istaydi. Shuningdek, Iliya bilan ham mamnuniyat bilan oktagonga chiqqan bo‘lardim. Hatto uni faoliyatini yakunlashga majbur qilishdan ham xursand bo‘lardim», — dedi Pimblett.

Avvalroq Topuriya navbatdagi jangini 2027 yilning birinchi yarmida o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Hozircha Pimblett va Topuriya o‘rtasidagi ehtimoliy jang yuzasidan rasmiy kelishuv mavjud emas.

Bugungi yangiliklar