Live
1
O'zbek

Luis Figu FIFA prezidentligi uchun Infantino bilan raqobatlashishi mumkin

Futbol
16 noyabr, 23:15
    10
UEFA Infantinoga munosib raqobatchi bo‘la oladigan nomzod izlamoqda.
Luis Figu FIFA prezidentligi uchun Infantino bilan raqobatlashishi mumkin
Foto: Getty Images

UEFA FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda Janni Infantinoga munosib raqobatchi bo‘la oladigan nomzod izlamoqda. Asosiy variantlardan biri sifatida Portugaliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Luis Figu ko‘rib chiqilmoqda.

Foot Mercato nashri ma’lumotiga ko‘ra, UEFAning bir qator yuqori lavozimli rahbarlari Figuni FIFA prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga undamoqda. Ayni paytda Yevropa futbol tashkilotida maslahatchi sifatida faoliyat yuritayotgan portugaliyalik mutaxassis ko‘plab futbol amaldorlarining qo‘llab-quvvatloviga ega.

Biroq UEFA rahbariyatida Figuning ehtimoliy nomzodi borasida yakdillik yo‘q. derbyderbyderby.it nashrining ta’kidlashicha, tashkilotdagi ayrim mutasaddilar uning saylovda ishtirok etishiga qarshi.

Shu sababli hozircha Figuning FIFA prezidentligi uchun kurashga qo‘shilishi aniq emas. Uning nomzodi yuzasidan muhokamalar davom etmoqda.

Hozircha portugaliyalik sobiq futbolchining o‘zi saylovda qatnashish niyati haqida rasmiy bayonot bermagan. Avvalroq Figu Mourinyoni Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ko‘rayotgani ma’lum qilingandi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar