«Real» afsonalaridan biri Luish Figu bo‘lajak jahon chempionatidan keyin Joze Mourinio Portugaliya milliy jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaydi.
«Benfika» bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Joze bir necha bor Roberto Martinesning o‘rinbosari bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Figu Mourinio bilan turli davrlarda birga ishlagan — «Sporting»da Bobbi Robson bilan va «Barselona» tarjimon sifatida ishlaganidan boshlab, «Inter»dagi g‘alabali davrda ham. Luish tajribali mutaxassisni Portugaliya futboli uchun muhim shahs deb hisoblaydi.
«Jozening murabbiylik tarixi ancha boy. Menimcha, kun kelib unga Portugaliya milliy jamoasini boshqarish imkoniyati berilishi, mantiqan to‘g‘ri qaror bo‘ladi», — dedi Figu.