Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni afsonaviy futbolchi Lionel Messining 2030-yilgi jahon chempionatida murabbiylar shtabiga qo‘shilishi ehtimoli haqida gapirib o‘tdi.
«Messi 2030-yilda murabbiylar shtabida bo‘ladimi? Menimcha, u 2030-yildan keyin ham futbol o‘ynashda davom etadi. Lekin endi Valter Samuel ketayotgan ekan, Messini istagan vaqtida mamnuniyat bilan qabul qilamiz», — dedi Skaloni kulib.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis yaqinda milliy jamoa bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi.
39 yoshli Messi esa 7-oktabr kuni Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Beninnga qarshi bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi bitta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Qayd etish lozim, Lionel 2005-yil 17-avgustda Vengriyaga qarshi o‘yinda milliy jamoada debyut qilgan. Messi Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionati, Finalissima hamda 2021 va 2024-yillardagi Amerika kubogi g‘olibiga aylangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi