Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Urugvayga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Ushbu bahsda argentinaliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
«Mag‘lubiyatga qaramay, bu o‘yinda ijobiy jihatlar ham bo‘ldi. Endi barchasini tahlil qilishimiz kerak.
Kuchli raqibga qarshi maydonga tushishimizni bilardik. Shu bilan birga, yosh futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatish va o‘yin ritmiga kirish imkoniyatini berdik.
Milliy jamoamizda istiqbolli futbolchilar ko‘p. Ular bizga o‘z o‘yin uslubimizni saqlab qolish va shu yo‘nalishda davom etish imkonini beradi», — deya Skalонининг so‘zlarini keltiradi Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 18-noyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o‘tkazadi.
Avvalroq Enso Fernandes Urugvayga qarshi bahsda jamoasi mag‘lubiyatga loyiq emasligi haqida gapirib o‘tgan.di.