Live
2
O'zbek

«Arsenal» futbolchisi Bellinghemning rekordini yangiladi

Futbol
14 noyabr, 04:50
Jude o‘z vaqtida Angliya yoshlar jamoasida 17 yosh-u 2 oy va 6 kunligida debyut qilgan edi.
«Arsenal» futbolchisi Bellinghemning rekordini yangiladi
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Maks Douman Angliya U-21 jamoasi tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

16 yosh-u 10 oy va 13 kunlik futbolchi Portugaliya yoshlar jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ilk bor Angliya U-21 jamoasi safida maydonga tushdi. Ushbu bahs angliyaliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Douman Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Jude Bellinghemga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi. Bellinghem o‘z vaqtida Angliya yoshlar jamoasida 17 yosh-u 2 oy va 6 kunligida debyut qilgan edi.

Endilikda Douman ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha milliy rekordning yangi sohibi hisoblanadi. Uning natijasi Angliya yoshlar jamoasi tarixidagi eng erta debyut sifatida qayd etildi.

Avvalroq Douman Angliya chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya (21 yoshgacha) Angliya (21 yoshgacha)
Bugungi yangiliklar