«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias faoliyatini yakunlash qarorini qachon qabul qilishi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi jismoniy holatiga jiddiy e’tibor berishini va o‘ziga nisbatan talabchan ekanini ta’kidladi.
«Tanam imkon berguncha bor kuchim bilan harakat qilishda davom etaman. Jismonan endi yuqori saviyada o‘ynay olmasligimni anglaganimda, faoliyatimni yakunlash qarorini birinchi bo‘lib o‘zim qabul qilaman. Men o‘zimga nisbatan juda talabchanman», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta bahsda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining 13-turida 22-noyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanishi belgilangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi