«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya kataloniyaliklar va Madridning «Real» klubi o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda yomonlashganiga munosabat bildirdi.
«O‘ylashimcha, bu haqda bosh qotirishimiz shart emas. Eng yaxshisi — o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratish. Biz vazifamizni bajarishimiz kerak, qolgan mish-mishlar esa bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bunday gaplarga ortiqcha ahamiyat bermaymiz», — deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Barça Universal nashri.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli darvozabon ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 17 ta gol o‘tkazib yubordi va 5 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
«Barselona» navbatdagi uchrashuvini 22-noyabr kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi. La Liganing 13-turidan o‘rin olgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi