«Barselona» yarim
himoyachisi Mark Bernal mag‘lubiyatlarga qaramay (Madridning «Real»iga 1:2 va «PSJ»ga 2:4), kataloniyaliklarni Yevropaning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi.
«Fikrimcha, «Barselona» — Yevropaning eng yaxshi jamoasi. Ha, biz «Real»ga mag‘lub bo‘ldik, ammo bitta o‘yin hech narsani hal qilmaydi. «PSJ» ham bizdan kuchli emas. Sizningcha, ular bizni o‘z maydonimizda mag‘lub eta olisharmidi?
Kelajakda ularni mag‘lub eta olishimizga ishonaman. Agar yaxshi sport formasida bo‘lsak va jarohat olgan futbolchilar safga qaytsa, ularni mag‘lub etishga kuchimiz yetadi», — deya Bernalning so‘zlarini keltiradi Marca.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi