Live
1
O'zbek

De Yong: «Odamlar o‘yinlarni to‘liq tomosha qilmaydi»

Futbol
11 noyabr, 01:45
    6
«Barselona» yarimhimoyachisi futbolchilarni faqat gol va assistlar orqali baholash noto‘g‘ri ekanini aytdi.
De Yong: «Odamlar o‘yinlarni to‘liq tomosha qilmaydi»
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong futbolchilar faoliyatiga beriladigan baholar va muxlislarning o‘yinga munosabati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik bahslarni to‘liq tomosha qilmagani sababli maydonda nimalar sodir bo‘layotganini yetarlicha tushunmaydi.

«Odamlar o‘yinlarni unchalik ham tomosha qilmaydi. 90 daqiqalik bahsni to‘liq ko‘radiganlar juda kam.

Ular maydonda nimalar sodir bo‘layotganini yoki nima sababdan muayyan qarorlar qabul qilinayotganini tushunishmaydi. Futbolchini baholashning eng oson yo‘li, albatta, uning gol urishi yoki golli uzatma berishiga qarash.

Tabiiyki, bu ko‘rsatkichlar menda ancha past», — dedi De Yong ESPN NL nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, De Yong «Barselona» yarimhimoya chizig‘ining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik futbolchi 2019 yildan buyon kataloniyaliklar safida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar