«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jerrard «Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, ispaniyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi darajasiga ko‘tarilish imkoniyatiga ega.
«Yamal — Ronaldu va Messi darajasiga chiqa oladigan futbolchi. Unda ular kabi bo‘lish salohiyati bor. Buning uchun esa ishlashda va rivojlanishda davom etishi kerak. Buni vaqt ko‘rsatadi. Uchalasini ham 19 yoshida taqqoslaydigan bo‘lsak, Lamin ancha yetuk futbolchi sifatida ko‘rinadi», — deya Jerrardning so‘zlarini keltiradi Overlap Daily.
Ma’lumot uchun, Yamal Ispaniya milliy jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. U 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berish natijalarida uchinchi o‘rinni egallagan.