Simone Inzagining manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Federiko Pastorello mijozining mavsum yakunida «Al Hilol»ni tark etishga qaror qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Inzagi allaqachon «Al Hilol»ni tark etishga qaror qilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning kelajagi borasida hali hech qanday qaror qabul qilinmagan», — deb yozdi Pastorello X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun, Simone Inzagi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubini boshqarib kelmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi