«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning ushbu mavsumdagi natijalaridan norozi va bosh murabbiy Maykl Kerrik bilan hamkorlikni yakunlashga qaror qilgan. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassisga bugun tushdan keyin iste’foga chiqarilishi haqida xabar beriladi. «MYU» Kerrik bilan 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani bekor qiladi.
«Manchester Yunayted» so‘nggi bahsda «Old Trafford» stadionida «Aston Villa» bilan 4:4 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, «MYU» Angliya Premyer-ligasining 10 turidan keyin atigi 8 ochko jamg‘argan va quyi ligaga tushib ketish zonasida bormoqda.