Vengriya futbol federatsiyasi Dominik Soboslaining tizzasidan olgan jarohati sabab milliy jamoa yig‘inini tark etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi standart tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tizza bog‘lamlari cho‘zilganiga qaramay, milliy jamoa tibbiy shtabi sardorning imkon qadar tezroq safga qaytishi uchun yaqin kunlarda barcha choralarni ko‘radi.
Biroq uning maydonga tushishi bo‘yicha yakuniy qaror so‘nggi daqiqada qabul qilinmasligi mumkin. Shu bois Soboslaining ishtiroki borasidagi vaziyat hali aniq emas.
Ma’lumot uchun, Vengriya milliy jamoasi 14 noyabr kuni safarda Gruziyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Vengriya 17 noyabr kuni Shimoliy Irlandiya milliy jamoasi bilan ham kuch sinashadi. Har ikki bahs UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘tkaziladi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi