Bugun
7
O'zbek

Konsа Angliya milliy jamoasining Xorvatiyaga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi

Futbol
10 noyabr, 06:30
Himoyachi individual dastur asosida shug‘ullanmoqda, Ispaniyaga qarshi o‘yinda esa maydonga tushishi kutilmoqda.
Konsа Angliya milliy jamoasining Xorvatiyaga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi himoyachisi Ezri Konsa UEFA Millatlar ligasi doirasida Xorvatiyaga qarshi bo‘ladigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda jurnalist Rayan Teylor xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchida muayyan muammolar yuzaga kelgan va shu sababli u individual dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Konsa Xorvatiyaga qarshi o‘yinda qatnashmaydi, biroq navbatdagi bellashuv — Ispaniyaga qarshi bahsga tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Angliya va Xorvatiya milliy jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasining beshinchi tur bahsi 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 13 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi 2026 yildagi so‘nggi bahsini 15 noyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar