Bugun
7
O'zbek

Eldor Shomurodov Oʻzbekiston milliy jamoasi yigʻiniga qoʻshildi

Futbol
10 noyabr, 04:10
    10
Milliy jamoa sardori bugun jamoa ixtiyoriga yetib keldi.
Eldor Shomurodov Oʻzbekiston milliy jamoasi yigʻiniga qoʻshildi
Foto: UFA

Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov bugun, 10 noyabr kuni jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tajribali hujumchi milliy jamoa safidagi mashgʻulotlarga qoʻshilib, boʻlajak uchrashuvlarga tayyorgarlikni jamoa aʼzolari bilan birgalikda davom ettiradi.

Shomurodovning yigʻinda ishtirok etishi murabbiylar shtabiga hujum chizigʻidagi imkoniyatlarni kengaytirish va navbatdagi bahslar oldidan jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiya milliy jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Milliy jamoamiz ayni paytda ushbu oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda. Avvalroq Golovin Oʻzbekistonga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborishi maʼlum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar