Bugun
7
O'zbek

Rossiya milliy jamoasi futbolchisi Oʻzbekistonga qarshi oʻyin haqida gapirdi

Futbol
10 noyabr, 04:00
    8
Oʻzbekiston va Rossiya milliy jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik bahsi 12-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi.
Rossiya milliy jamoasi futbolchisi Oʻzbekistonga qarshi oʻyin haqida gapirdi
Foto: Getty Images
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

Rossiya milliy jamoasi himoyachisi Viktor Melyoxin Oʻzbekiston milliy jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik uchrashuvidan oldin oʻz fikrlarini bildirdi.

«Oʻzbekiston — 2026-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Biz safarda, Toshkentda oʻynaymiz. Misrdagi uchrashuvda rossiyalik muxlislar ancha koʻp boʻlganini eslayman.

Ishonchim komilki, ular Toshkentga ham kelishadi», — deya Melyoxinning soʻzlarini keltiradi «Chempionat» nashri.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston va Rossiya milliy jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 12-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi. Bahs Moskva vaqti bilan soat 18:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 20:00 da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya milliy jamoasi 2022-yil fevral oyidan buyon xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum qilingan. Shu sababli jamoa asosan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar