Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyaliklar 12 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga qarshi bellashadi. 17 noyabrda esa Krasnodarda Venesuela bilan kuch sinashadi.
«Raqib tanlash masalasida hozirgi sharoitni hisobga olishimiz kerak. O‘zbekiston bilan o‘yin tashkil etishning o‘zi ham biz uchun katta yutuq. O‘zbekiston so‘nggi jahon chempionati ishtirokchisidir. Venesuela esa mundialga chiqish uchun oxirigacha kurash olib borgan jamoa. Shu sababli, bugungi vaziyatimizda bular juda munosib raqiblar hisoblanadi», deydi Karpin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hamda Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Avvalroq Karpin bo‘lajak bahslar uchun milliy jamoa qaydnomasini e’lon qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi