Live
4
O'zbek

Vadim Abramov: «Yaxshi taassurot qoldirmadik, lekin g‘alaba qozondik»

Eksklyuziv
6 noyabr, 11:59
Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.
Vadim Abramov: «Yaxshi taassurot qoldirmadik, lekin g‘alaba qozondik»
Фото: Динамо ПФК
06.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 3 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Bugun Zominda «So‘g‘diyona» hamda «Dinamo» klublari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda 1:3 hisobida samarqandliklarning qo‘li baland keldi.
O‘yindan so‘ng «Dinamo» bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Nima ham derdim? O‘yinni xuddi 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib turganimizdek boshladik. Ehtimol, raqib qizil kartochka olgani bizga qo‘l keldi. Ular bir kishi kam bo‘lib qolishgach, albatta, bizga ancha oson bo‘ldi.

Yigitlarni g‘alaba bilan tabrikladim, lekin bugun jamoamizning eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazmadik. Muhimi, uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bugun omadimiz keldi. «So‘g‘diyona» jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz.

Bizga esa nima qoldi? Hozir tanaffus bo‘ladi, qolgan uchta turga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bu yilgi mavsum qandaydir tushunarsiz tarzda kechmoqda. Shuning uchun tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Quvonarlisi, safardagi ikkita o‘yinda g‘alaba qozondik. Bungacha o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvimizda juda ko‘p ochko yo‘qotdik. Aytish mumkinki, o‘sha o‘yinlarda bugungidan ham yaxshiroq harakat qilganmiz, ammo mag‘lub bo‘lganmiz. Bugun esa ko‘rib turganingizdek, futbol shunday o‘yin: yaxshi taassurot qoldirmadik, lekin g‘alaba qozondik.

Hozir yana nima deyishim mumkin? Qarang, jamoa son jihatidan ustun bo‘lib turib, shuncha sariq kartochka olganini qayerda ko‘rgansiz? Go‘yoki biz faqat himoyalanib, doim qoidabuzarlik sodir etgandek taassurot qoldi. Buni qanday izohlashni bilmayman.

- Tez orada milliy jamoa yig‘ini boshlanadi. Jamoangiz futbolchilaridan kimdir O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv oldimi?

- Hozircha hech kim olgani yo‘q. Kimdirga chaqiruv berilganini ham bilmayman. Axir oldinda chempionatning so‘nggi turlari turibdi. Hozircha bu haqda ma’lumotim yo‘q.

- Rasul Yo‘ldoshevning bugungi o‘yini haqida nima deysiz?

- Eng muhimi, maydonga tushdi va gol urdi. Buni alohida ta’kidlash kerak. Ammo hozir u to‘rtinchi sariq kartochkasini oldi va shu bois keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Hozir yana nima deyishim mumkin? Qarang, jamoa son jihatidan ustun bo‘lib turib, shuncha sariq kartochka olganini qayerda ko‘rgansiz? Go‘yoki biz faqat himoyalanib, doim qoidabuzarlik sodir etgandek taassurot qoldi. Buni qanday izohlashni bilmayman.

- Hujumchi Anvar Hojimirzayev to‘purarlik salohiyatini ko‘rsatyapti va eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazyapti. U haqidagi fikringiz qanday?

- Bugungi o‘yinimiz eng yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb aytolmaymiz. Ammo barakalla, o‘zi penalti ishladi, raqibning qizil kartochka olishiga ham sababchi bo‘ldi va gol urdi. U bundan ancha yaxshiroq o‘ynay oladi, bunga ishonaman.

- Umuman, butun mavsum davomidagi o‘yinlari haqida nima deysiz?

- Albatta, mavsumni nazarda tutsak, uning imkoniyatlari yanada yuqori edi. Agar olgan jarohati bo‘lmaganida, menimcha, hozirgi vaqtga kelib ancha ko‘p gol urgan bo‘lardi. U aynan o‘zining eng yaxshi jismoniy holatiga kirib, muxlislarga yoqimli taassurot qoldira boshlagan paytda jarohat oldi. Afsuski, bu jarohat futbolchini deyarli bir oyga safdan chiqardi. Bu ancha murakkab jarayon bo‘ldi. Shunga qaramay, u harakat qilyapti, intilishdan to‘xtamayapti. Bu quvonarli. Xudo xohlasa, kelgusida yanada o‘sishda davom etadi.

- Oldinda FIFA kunlari va futbolchilar uchun tanaffus bor. Jamoaning rejalari qanday?

- Ha, futbolchilarga besh kunlik ta’til beramiz. Keyin esa tayyorgarlikni boshlaymiz. Samarqandda 15-kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Shundan so‘ng navbatdagi turga tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Vadim Karlenovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar