Avstraliya milliy jamoasi futbolchilari 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etganliklari uchun belgilangan mukofot pulini hanuzgacha olmagan. Bu haqda Australian Associated Press nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mablag‘lar musobaqa yakunlanganidan keyin ikki hafta ichida futbolchilarga o‘tkazilishi kerak edi. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan yoki zaxirada qolgan futbolchiga taxminan 6 ming Avstraliya dollari (4,1 ming AQSh dollari) to‘lanishi belgilangan.
Ma’lum qilinishicha, Meksika va Shveysariyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi hamda jahon chempionatidagi to‘rtta bahsni hisobga olganda, milliy jamoa tarkibiga kiritilgan futbolchilarning har biriga jami oltita o‘yin uchun 36 ming Avstraliya dollari (24,8 ming AQSh dollari) to‘lanishi kerak bo‘lgan.
Mukofot pullarini to‘lab berish muddati kechikishini Shimoliy Amerikadagi soliq majburiyatlarini aniqlashtirish zarurati bilan izohladi.
Shuningdek, Avstraliya milliy jamoasi futbolchilari sentyabr oyida Braziliyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun belgilangan to‘lovlarni to‘liq olgan.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 final bosqichida Misrga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.