Live
4
O'zbek

APLning 7 klubi De Winterga qiziqmoqda

Futbol
6 noyabr, 12:07
Jamoalar belgiyalik futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda.
APLning 7 klubi De Winterga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

Angliyaning uchta grand klubi — «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» «Milan» markaziy himoyachisi Koni De Winterni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik klublar skautlari belgiyalik 24 yoshli futbolchining Ruben Amorim qo‘l ostidagi o‘sishidan mamnun.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi hozircha jamoasini o‘zgartirishga shoshilayotgani yo‘q. Unga «Nyukasl», «Tottenhem», «Lids» va «Brentford» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar vakillari himoyachining so‘nggi uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatgan.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» va «Chelsi» himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida ayniqsa faol ish olib bormoqda. De Winter har ikki klub uchun asosiy transfer maqsadi bo‘lmasligi mumkin, biroq uning nomzodi qishki va kelasi yozgi transfer oynasi oldidan muhokama qilinadigan futbolchilar qatorida turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar