Bugun
34
O'zbek

Berbatov ayni vaqtda Raysdan kuchliroq bo‘lgan 3 nafar yarim himoyachini aytdi

Futbol
6 noyabr, 04:55
    7
Shu bilan birga «MYU» sobiq hujumchisi «Arsenal» futbolchisining o‘yinini yoqtirishini ham ta’kidladi.
Berbatov ayni vaqtda Raysdan kuchliroq bo‘lgan 3 nafar yarim himoyachini aytdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov Londonning «Arsenal» jamoasi a’zosi Deklan Raysni dunyoning eng kuchli uch nafar yarim himoyachisidan biri deb hisoblamaydi.

«Rays — juda yaxshi futbolchi. Ammo mening fikrimcha, ayni paytda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilari Vitinya, Jud Bellinghem va Rodrigo hisoblanadi.

Deklan — «Arsenal» uchun nihoyatda muhim futbolchi, u haqiqiy yetakchi va hech qachon kurashdan qochmaydi. Uning o‘yinga bo‘lgan munosabati menga juda yoqadi»
, — deya Berbatovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi DailyAFC nashri.

«To‘pchilar» Deklan Raysni 2023 yilning yozida «Vest Hem»dan 115 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaga Premer-liga chempionligini qo‘lga kiritishda yordam berdi.

Deklan Rays
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar