Bugun
34
O'zbek

Ranieri: “Maldini aytganidek, kuchli Italiya yaratish uchun 8-10 yil vaqt kerak”

Futbol
6 noyabr, 06:10
Italiya FF texnik direktori milliy jamoaning istiqbolli loyiha asosida kuchaytirilishini aytdi.
Ranieri: “Maldini aytganidek, kuchli Italiya yaratish uchun 8-10 yil vaqt kerak”
Foto: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasining (FIGC) texnik direktori Klaudio Ranieri milliy jamoa yana kuchli boʻlishi uchun qancha vaqt kerak boʻlishini aytdi.

“Moviy gvardiya” soʻnggi uchta Jahon chempionatiga chiqa olmadi.

“Menimcha, bu — muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega boʻlgan istiqbolli loyiha.

FIGCning sobiq texnik direktori Maldini bu jarayon 8 yildan 10 yilgacha vaqt olishini aytgan edi. Men ham shu fikrga qoʻshilaman: buning uchun vaqt kerak”,
— deya Ranierining soʻzlarini keltiradi Football Italia.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar