Bugun
34
O'zbek

Sindarov Gukeshga qarshi jahon chempionligi o‘yini oldidan imkoniyatlarni baholadi

Boshqalar
6 noyabr, 02:50
O‘zbekistonlik grossmeyster foizlarda o‘zini biroz ustun qo‘ydi.
Sindarov Gukeshga qarshi jahon chempionligi o‘yini oldidan imkoniyatlarni baholadi
Foto: UzChess

AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turniri davomida Javohir Sindarovdan Jahon chempionligi uchrashuvida o‘zining va Gukeshning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini foizlarda baholash so‘raldi.

O‘zbekistonlik grossmeyster bu savolga qiziqarli javob berdi:
🇺🇿 Javohir Sindarov — 50,1%
🇮🇳 Gukesh Dommaraju — 49,9%

Sindarov o‘z imkoniyatini amaldagi jahon chempionidan atigi 0,2 foizga yuqori baholadi. Bu bilan u raqibiga hurmat saqlagan holda o‘z g‘alabasiga ishonishini ham ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir 27–29-oktabr kunlari o‘tkazilgan Clutch Chess: Champions Showdown turnirida 20,5 ochko to‘plab, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu uning Jahon chempionligi o‘yinidan oldingi so‘nggi turniri bo‘ldi.

24-noyabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsi boshlanadi. 14 ta klassik partiyadan iborat bu to‘qnashuv shaxmat tarixidagi eng yosh ikki da’vogar o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsi bo‘ladi. Har ikki shaxmatchi 20 yoshda.

Bugungi yangiliklar