Bugun
53
O'zbek

Yevropa Ligasi. «Milan» kutilmaganda o‘z maydonida «Ferensvarosh»ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
5 noyabr, 14:54
    7
Vengriyaliklar ketma-ket 4-o‘yinda g‘alabaga erishdi.
Yevropa Ligasi. «Milan» kutilmaganda o‘z maydonida «Ferensvarosh»ga mag‘lub bo‘ldi
Фото: Getty Images
05.11.2026 FT Yevropa ligasi Milan Milan 0 : 2 Ferencvaros Ferencvaros

Yevropa Ligasi 4-turida «Milan» o‘z maydonida Vengriyaning «Ferensvarosh» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bellashuvdagi dastlabki gol 52-daqiqada Jozef Lenni tomonidan urildi. 66-daqiqada hujumchi yana bir bor milanliklar darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va jamoasining ustunligini mustahkamladi. 77-daqiqada vengriyaliklar futbolchisi maydondan chetlatildi.

«Milan» umumiy turnir jadvalida 3 ochko bilan 25-o‘rinda bormoqda. «Ferensvarosh» esa 12 ochko to‘plab, 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Yevropa ligasi. 4-tur
Milan – Ferensvarosh 0:2
Gollar:
Lenni 52, 66
Milan:
Torriani, Diavara (Moreyra, 46), Xila, de Vinter, Bartezagi (Kamarda, 67), Musa, Xatchinson, Yashari (Modrich, 63), Pulishich, Ramush, Sisse (Pulishich, 46).
Ferensvarosh: Dibus, Os vat, Gomes, Remekers, Kadu, Bero (Bamidele, 67), Zaxariassen (Mayga, 86), Birmantsevich (Levi, 86), Adam, Korbu (Arzani, 90), Lenni (Madarash, 67).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Ferencvaros Ferencvaros
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar