«Nyukasl» klubi rahbariyati bosh murabbiy Matias Yayssle bo‘yicha bir qarorga kelgan.
The Athletic nashri xabar berishicha, klub qoniqarsiz natijalarga qaramay, germaniyalik murabbiyga ishonadi va uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. «Qarg‘alar» hozirda APL turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Nemis mutaxassisi jamoaning so‘nggi beshta uchrashuvda to‘rt marta mag‘lubiyatga uchrashi va Angliya Liga kubogidan chiqib ketishidan keyin tanqidlar ostida qoldi.
«Men matbuotda yozilayotgan xabarlarni kuzatmaslikka harakat qilaman. Ammo, albatta, vaqti-vaqti bilan ayrim fikrlar menga ham yetib keladi. Klub ichida rahbariyat bizning ishlarimizni qo‘llab-quvvatlayotganini yanada yaqqol his qilganimdan xursandman. Turli taxminlar va mish-mishlar paydo bo‘layotgan bir paytda bu juda muhim. Biz bunday gap-so‘zlarga ta’sir o‘tkaza olmaymiz. Shuning uchun klub rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashini his qilish men uchun yoqimli bo‘ldi», — deya murabbiyning so‘zlarini Goal nashri keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, «Nyukasl» Angliya Premyer-ligasining keyingi turida 7 noyabr kuni «Fulhem»ga qarshi maydonga tushadi.