Saudiya Arabistonining «Al Ahli» hujumchisi Ayven Touni Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Nyukasl» klubi 30 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. «Qarg‘alar» yanvar oyidagi transfer oynasida Tounini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Futbolchining transfer qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Ayven 2024-yildan buyon Saudiya Arabistoni klubida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Forvard Saudiya chempionatiga yo‘l olishidan avvalroq «Brentford», «Uigan» va «Barnsli» jamoalarida o‘ynagan. Shuningdek, u 2015–2018-yillarda «Nyukasl»da o‘ynagan.
Bu mavsumda Touni Saudiya Arabistoni chempionatida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.